AsosiyJamiyat

Toshkentda sim yog`ochdagi elektr simlari yonib ketdi

'Toshkentda sim yog`ochdagi elektr simlari yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 15 dekabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy MFY hududidan o`tgan elektr uzatish havo tarmog`idagi kabel yonib ketdi.

Unga ko`ra, Yakkasaroy tumani Muqumiy ko`chasidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi havo elektr uzatish tarmog`ida yuklamaning ortib ketishi natijasida simlarning qisqa tutashuvida kichik yong`in sodir bo`lgan.

“Havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida gaz bosimining pasayib ketdi. Natijada elektr energiyasiga bo`lgan talab ortib joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelmoqda”, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda Yakkasaroy TETKning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan avariyani tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko`rilgan. Unga ko`ra, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta`mirlash ishlari olib borilib, avariya holati bartaraf etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar