AsosiyJamiyat

Prezident etti nafar mansabdorni viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda ishlamaganini tanqid qildi

'Prezident etti nafar mansabdorni viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda ishlamaganini tanqid qildi'ning rasmi

Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda  Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.

 Yig`ilish avvalida davlatimiz rahbari so`nggi kunlarda aholimizni qiynayotgan energiya ta`minoti masalasiga to`xtalib o`tdi.

Oxirgi olti yilda sohada katta o`zgarishlar bo`lgani, jumladan:

- 5 ming megavattdan ortiq yangi elektr quvvatlari yaratilgani (avvalgi 25 yilda bor-yo`g`i 3,3 ming megavatt quvvatlar ishga tushgan);

- 45 ming kilometr elektr tarmoqlari va 13 mingdan ortiq transformator punktlari yangilangani (bu ham avvalgi yillarga nisbatan 3-4 baravar ko`p);

- suyultirilgan gaz va ko`mir ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshgani ta`kidlandi.

“Lekin bir hafta bo`lgan sovuqda O.Ramatov, M.Abdullaev, F.Abduraxmanov, D.Isakulov, U.Mustafoev, B.Normatov, B.Eshmurodov, viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari pastda ishlamagani ko`rinib qoldi. 

Ular qishga tayyorgarlikni barbod qildi, shuncha qilayotgan islohotlarimizni obro`sizlantirdi.

Vaholanki, ularning tizimida 115 mingdan ziyod xodimlardan iborat katta armiyasi bor. Ular ham oylik oladi”, - dedi Prezident.
 

    Boshqa yangiliklar