Viloyat hokimlariga o`n kun muddatda ushbu ob`ektlarga birma-bir borib ko`rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo`qotishlarni kamaytirish bo`yicha taklif berish topshirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og`ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug`ullanishi kerakligi ta`kidlandi.
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliya gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o`g`irliklar bo`yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.
“Umuman, energiya resurslari ta`minotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq bo`lishi lozim.
Energiya ta`minoti “qo`l boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak”, - dedi davlatimiz rahbari.
Ikki oy muddatda energiya ta`minoti tizimini o`zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo`yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo`yildi.
Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1 martgacha joriy etilgan aksiz solig`idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o`yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qat`iy ko`rsatib o`tildi.
Bosh prokuratura va Monopoliya qo`mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:
- birja savdolarida va yoqilg`i quyish shoxobchalarida benzin narxining sun`iy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko`rib borish;
- suyultirilgan gaz va ko`mirni aholiga o`z vaqtida etkazib berish ustidan qat`iy nazorat o`rnatish topshirildi.






