AsosiyJamiyat

Aholiga tarqatish uchun belgilangan 100 ming gektar erning 4 ming gektarida ekin ekilmagani ma`lum bo`ldi

'Aholiga tarqatish uchun belgilangan 100 ming gektar erning 4 ming gektarida ekin ekilmagani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Yig`ilishda aholiga tarqatish uchun belgilangan 100 ming gektar erning 4 ming gektarida ekin ekilmagani ko`rsatib o`tildi. Xususan, Kosonda – 1,2 ming gektar, Bekobodda – 141 gektar, Nishonda – 123 gektar, G`uzorda – 116 gektar, Sariosiyo, Ellikqal`a va Shumanayda – 90 gektardan erlarda ekin ekilmagan. Bu haqda  Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.

“Odamlarimizni daromadli qilish maqsadida bu erlarni oziq-ovqat ekish uchun bo`lib berdik. Qachon bunday bo`lgan? Lekin, tayyor ekin eriga ega topa olmagan tuman hokimi o`zi nima ish qiladi?”, - dedi Prezident.

Tegishli hududlar rahbarlariga ushbu 7 ta tuman hokimlari bo`yicha taklif berish topshirildi.

O`tgan davrda sanoat ishlab chiqarish hajmi 15 ta tumanda pasaygan. Xizmatlar sohasida ham 15 ta tumanda o`sish sur`atlari past.

“Mayli, bular sanoatni qila olmasin, chetdan investisiya olib kelishni bilmasin, lekin xizmatlarni rivojlantirib, odamlarni rozi qilishga intilmagan tuman hokimlarining ishlashga haqqi yo`q”, - dedi davlatimiz rahbari.

Bu tumanlar hokimlarining 1-o`rinbosarlari, iqtisodiy idoralar rahbarlari faoliyatiga baho berish topshirildi.

Kelgusi yilda 2 million aholiga daromad manbaini yaratib berish, bunda mehnat bozoriga kirib keladigan 700 ming nafar yoshlarni band qilishga alohida yondashuvlar joriy qilish, bugungi kunda mavsumiy va vaqtinchalik ishlar bilan band bo`lgan 1,7 milliondan ortiq aholini yil davomida ishlashiga sharoit qilib berish, norasmiy band bo`lgan 3,8 million aholining kamida 50 foiziga qonuniy faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar yaratish kabi vazifalar belgilab berildi.  

O`n kun muddatda aniq hisob-kitoblar bilan 2023 yil uchun aholi bandligi bo`yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

 

    Boshqa yangiliklar