AsosiyJamiyat

Prezident tuman va shaharlarning 255 ta markaziy ko`chasi va 274 ta mahalladagi savdo-xizmat ko`chalari to`liq ishga tushishi shartligi aytib o`tdi

'Prezident tuman va shaharlarning 255 ta markaziy ko`chasi va 274 ta mahalladagi savdo-xizmat ko`chalari to`liq ishga tushishi shartligi aytib o`tdi'ning rasmi

Prezident raisligidagi yig`ilish davom etmoqda. Aholi bandligini ta`minlash doirasida quyidagi jihatlarga alohida e`tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Birinchi yo`nalish – kelasi yili paxta va g`alladan bo`shagan 100 ming gektarni aholiga bo`lib berish eng katta zaxira bo`ladi.

Endi erni qo`lidan ish keladigan, dehqonchilikni biladigan odamlarga berish, kamida 600 ming aholini doimiy va 900 ming aholini mavsumiy daromad olishini ta`minlash zarur.

8 trillion so`mlik 600 dan ziyod saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun sanoatda ish o`rinlari yaratishi kerak. Shu bilan birga, kelasi yili qishloq xo`jaligiga xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan 400 million dollarni ko`proq doimiy ish o`rinlari yaratadigan loyihalarga yo`naltirish zarur.

Kelgusi yilda pilla etishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish maqsadida ushbu sohaga ham erkinlik berilishi ta`kidlandi. Endilikda etishtirilgan pilla aholidan jahon birjalaridan kam bo`lmagan narxda xarid qilinadi.

Bu kamida 500 ming aholini band qilib, ularning daromadini 2-3 baravar oshirish imkonini beradi.

Ikkinchi yo`nalish doirasida ishsizlik og`ir bo`lgan 1 mingta mahalla uchun 300 ta mikro-markaz tashkil etib, ularga tadbirkorlik uchun imkoniyat yaratilishi zarur.  

Tuman va shaharlarning 255 ta markaziy ko`chasi hamda 274 ta mahalladagi savdo-xizmat ko`chalari to`liq ishga tushishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Mutasaddilarga 17 ta tuman va shaharning master-rejalarini 1 aprelgacha yakuniga etkazib, savdo va servis ob`ektlari uchun yangi erlarni auksionga chiqarish topshirildi. Tushgan mablag`lar yana 20 ta tuman va shaharning master-rejalarini ishlab chiqishga yo`naltiriladi.

Kelgusi yilda avtomobil yo`llari bo`yida 3 mingdan ortiq er maydonlarini auksionga chiqarish ham servis sohasida yangi ish o`rinlari uchun katta imkoniyat bo`ladi.

1 aprelga qadar 60 mingta ko`chma savdo shoxobchalari uchun erlarni auksionga chiqarish topshirildi. Bu orqali kelasi yili kamida 200 ming aholi uchun daromadli ish o`rni yaratish shart.

Uchinchi yo`nalish – 8 milliard dollarlik 300 ta yirik loyihani ishga tushirish hisobiga, yuqori daromadli ish o`rinlari yaratish, sanoat zonalarida 16 trillion so`mlik 1 ming 300 ta loyihani ishga tushirish shart.

Mutasaddilarga kelgusi yilda tadbirkorlarga 536 ta noruda konlar va maydonlarni auksion orqali sotish, bunga investorlarni jalb qilib, qurilish materiallari sohasida yangi doimiy ish o`rinlari yaratishga topshiriq berildi.

    Boshqa yangiliklar