AsosiyJinoyat

“Payariqtumangaz”ning ikki xodimi suyultirilgan gazdan tushgan 147,4 mln so`mni talon-toroj qilishdi

'“Payariqtumangaz”ning ikki xodimi suyultirilgan gazdan tushgan 147,4 mln so`mni talon-toroj qilishdi'ning rasmi

Suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablag`larni talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Departamentning Payariq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Payariqtumangaz” bo`limining “Chelakgaz” filiali SUG xizmati moddiy javobgar shaxslari Sh.A., F.R. va boshqalar 147,4 mln so`mlik suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablag`larni bank kassasiga kirim qilmasdan, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar