Joriy yilning 13-14 dekabr kunlarida Ishchi guruhlar tomonidan o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 191 ta holatda iste`molchilarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo`yildi.
Mazkur noqonuniy faoliyatlar natijasida davlat manfatlariga etkazilgan zarar miqdori 2,1 mlrd so`mni va gaz hajmi 2,3 mln kub metrni tashkil etgan. Ushbu miqdordagi tabiiy gaz o`rtacha 4 mingga yaqin hovli uylardagi xonadonlarning qish mavsumidagi bir oylik iste`molini tashkil qiladi.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan Toshkent viloyatida (504 mln so`m), Qashqadaryoda (361 mln so`m), Navoiyda (136 mln so`m), Jizzaxda (123 mln so`m), Sirdaryoda (137 mln so`m), Xorazmda (138 mln so`m) va Toshkent shahrida (132 mln so`m) aniqlangan. Xususan:
- Toshkent viloyati, Zangiota tumanida fuqaro M.A. ga qarashli issiqxona xo`jaligi 119,5 mln so`mlik;
- Qashqadaryo viloyati, “Djo`raev Yuldash” xususiy tadbirkorga qarashli issiqxona xo`jaligi 184,0 mln so`mlik;
- Qarshi tumanida fuqaro Sh.N. ga qarashli xususiy parrandachilik binosi 121 mln so`mlik tabiiy gaz noqonuniy ravishda foydalanilgan.