AsosiyJamiyat

Davlat byudjetidan qaytarilgan QQS 11 oyda 17,3 trln so`mdan oshdi

'Davlat byudjetidan qaytarilgan QQS 11 oyda 17,3 trln so`mdan oshdi'ning rasmi

Joriy yilning 11 oyi davomida jami 11 052 ta ariza bo`yicha  6151 ta tashkilotga 17 306,1 mlrd so`m qaytarilgan. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, eng ko`p qaytarilgan QQS hududlar kesimida:

Yirik soliq to`lovchilar bo`yicha DSI - 9 206 mlrd so`m (163 ta korxona);

Toshkent sh - 2 199,2 mlrd so`m (715 ta korxona);

Toshkent v. - 904,3 mlrd so`m (326 ta korxona);

Andijon - 900,1  mlrd so`m (708 ta korxona);

Samarqand - 708,7 mlrd so`m (225 ta korxona).

Eng ko`p qaytarilgan QQS sohalar kesimida:

Ishlab chiqaruvchilar - 9 864 mlrd so`m (1 448 ta korxona);

Qishloq xo`jaligi - 2 781,2 mlrd so`m (2 431 ta korxona);

Transport xizmati - 1 325 mlrd so`m (976 ta korxona);

Qurilish - 1 171 mlrd so`m (266 ta korxona);

Savdo – 1 015,9 mlrd so`m (726 ta korxona).

Qoplab berilgan jami QQS summasi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 trln so`mga ko`p.

    Boshqa yangiliklar