AsosiyJamiyat

O`qituvchilarga qo`shimcha ishlarni yuklaydiganlarni jazolovchi qonun qabul qilinadi

'O`qituvchilarga qo`shimcha ishlarni yuklaydiganlarni jazolovchi qonun qabul qilinadi'ning rasmi

Bu haqda Prezident administrasiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo`yicha sho``ba mudiri Saida Mirziyoeva ma`lum qildi.

“Afsuski, farzandlarimizga ta`lim berayotgan o`qituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz bo`ldi. Ulardan bog`bon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat ko`rsatuvchi ofisiant, zerikarli tadbirlarda bo`sh zallarni to`ldiruvchi “massovka”, matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi. Endi bu ishlarni to`xtatish vaqti keldi. Chunki o`qituvchilar qadrini ko`tarmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz.

O`qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilyapti”, - deya yozdi Saida Mirziyoeva.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar