️Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati shakar iste`mol qilishning miqdorini cheklash orqali organizmga keltiriladigan foydalar haqida ma`lumotlar berdi.
Birinchi kunda: ovqat hazm qilish va ichak faoliyati yaxshilanadi. Asab tizimi barqarorlashadi.
Bir haftada: terining holati tiniqlashadi, uyqu bilan bog`liq muammolar asta-sekin ortda qoladi. Qonda qand miqdori me`yorlashib, metobolizm yaxshilanadi. Xotiraning jamlash xususiyati kuchayadi. Agar shu vaqt ichida tana shakar talab qilsa, turli mevalar, asal iste`mol qilish mumkin.
Bir oyda: shakardan voz kechilgandan bir oy o`tib, tana ortiqcha vazndan xalos bo`ladi. Shakarga tobelik sezilarli darajada kamayadi. Organizmda gormonlar miqdori barqarorlashib, immunitet yaxshilanadi. Tanada yallig`lanish kamayadi, husnbuzarlar yo`qoladi. Yuqori qon bosimi me`yorga tushadi.
Bir yilda: qandli diabet, Alsgeymer kasalligi, semirish, yurak etishmovchiligi, xotira va nutq buzilishi hamda o`lim xavfi sezilarli darajada kamayadi. Inson o`rganib qolish hissidan butkul xalos bo`lib, tarkibida shakar bo`lgan har qanday eguliklar o`z-o`zidan rad etiladi.






