Bugun, 18 dekabr kuni O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, iste`dodli adib Sobir O`nar 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Sobir O`nar 1964-yil 25-fevralda Samarqand viloyati Qo`shrabot tumani Quvkalla qishlog`ida tug`ilgan.
1986-yilda ToshDU (hozirgi O`zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Sobir O`narning ilk hikoyasi — “Kunsuluvning xatlari”. Shundan so`ng yozuvchining “Orzuga to`la qishloq”, “Ovloq adirlar bag`rida”, “Chashma”, "Kunsuluvning sirli xatlari" hikoyalar to`plamlari nashr etilgan.
Qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning “Ov hangomalari” hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning “Karbalo fojiasi” qissasini o`zbek tiliga tarjima qilgan.
Darakchi.uz adibning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya bildiradi.






