AsosiyJamiyat

Navoiydagi “zapravka”larning birida Damas avtomobili yonib ketdi

'Navoiydagi “zapravka”larning birida Damas avtomobili yonib ketdi'ning rasmi

Navoiy viloyatidagi metan “zapravka”da Damas avtomobili yonib ketdi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, voqea joriy yilning 16 dekabr kuni soat 19:25 da Uchquduq tumanidagi metan “zapravka”larning birida yuz bergan. 

Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli Damas'ga haydovchi gaz to`ldirib, chiqib ketayotganida mashinada to`satdan yong`in kelib chiqqan.

Dastlabki o`rganishlarga ko`ra, yong`inga mashinaning texnik nosozligi sabab bo`lgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar va “zapravka” xodimlari yordamida o`chirilgan.

Yong`in oqibatida jarohat olganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar