AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatining 2 ta tumanida gaz tarmoqlariga yashirincha ulanish holatlari fosh etildi

'Toshkent viloyatining 2 ta tumanida gaz tarmoqlariga yashirincha ulanish holatlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan “Zangiotatumangaz” ta`minot bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tekshiruvda, fuqaro M.A. “Qurilish” MFY dagi issiqxonani o`rta bosimli tabiiy gaz tarmog`iga plastik quvurlar orqali er ostidan o`g`rilik yo`li bilan ulab olib 119 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib davlat va jamiyat manfaatlariga 119,5 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan IIB, DSI va hududiy gaz ta`minoti bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda, “Mingbuloq” MFYda yashovchi G.A. o`z xonadonida o`rta bosimli tabiiy gaz tarmog`iga to`g`ridan-to`g`ri ulanish orqali inson sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tvorog va sut mahsulotlarini ishlab chiqarib tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 119,8 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar