15 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:15da Ozarbayjonning “Azal” aviakompaniyasining samolyoti Farg`onaga kelib qo`ndi. Boku-Farg`ona-Boku yo`nalishini ochgan Airbus A320 borti an`anaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yo`lovchilar esa karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.
Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Aytish joizki, Farg`ona Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan O`zbekistondagi uchinchi shaharga aylandi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta - payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga - seshanba va payshanba kunlari.
1992 yilda tashkil etilgan "Ozarbayjon Havo Yo`llari" (Azal) yirik aviatashuvchi bo`lib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bo`lgan, MDH mamlakatlari aviasiya hamjamiyatida etakchilardan biri hisoblanadi.
19.12.2022 10:19
“Azal” aviakompaniyasi Bokudan Farg`onaga parvozlarni yo`lga qo`ydi






