Qashqadaryoda so`nggi bir hafta ichida aholidan kelib tushgan 100 dan ziyod murojaatlarning 80 tasi kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Qashqadaryoda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va filiallarga 12-16 dekabr kunlarida jami 123 ta murojaatlar kelib tushgan.
Ta`kidlash kerakki, murojaatlarning aksariyati kadastr hujjatini rasmiylashtirish masalasida.
Eng ko`p murojaat Qarshi tumanidan kelib tushgan bo`lib, murojaatlar soni 17 tani tashkil etadi.
Ularni hududlar kesimida ko`radigan bo`lsak, viloyat boshqarmasiga 35 ta, shundan:
Qarshi shahri 8 ta,
Chiroqchi tumani 2 ta,
Dehqonobod tumani 7 ta ,
G`uzor tumani 4 ta,
Kasbi tumani 2 ta,
Kitob tumani 5 ta,
Koson tumani 7 ta,
Muborak tumani 2 ta,
Yakkabog` tumani 4 ta,
Mirishkor tumani 8 ta,
Nishon tumani 2 ta,
Qamashi tumani 2 ta,
Qarshi tumani 17 ta,
Shahrisabz tumani 9 ta,
Shahrisabz shahri filialiga 9 ta sohaga doir murojaatlar kelgan. Murojaatlarning 80 tasi soha xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan.
Qo`shimcha qilinishicha, viloyat boshqarmasi va uning tuman shahar filiallariga so`rovnomalar, er uchastkasi ajratish, nizoli holatlar, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkni davlat ro`yxatidan o`tkazish masalalarida murojaatlar kelib tushgan.