"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida ba`zi joylariga tuman tushadi. Havo harorati 7-10o iliq atrofida bo`ladi.
Ertaga respublikaning katta qismida 7-10daraja iliq bo`lgan harorat bilan quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanadi. Front kirib kelishida Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha biroz qor yog`ishi kutilmoqda, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 0-3o iliqgacha pasayadi.
21 dekabrda sovuq antisiklon kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir va qor ko`rinishida biroz yog`ingarchilik bo`ladi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 3o sovuq-2o iliq, kunduzi 3-8o iliq atrofida bo`ladi. Respublika shimolida kechasi harorat 9-11daraja sovuqgacha kuchayadi, kunduz kuni 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi.
22-23 dekabr kunlari O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 dekabrda Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Harorat kechalari 2-5daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5daraja iliqgacha pasayadi.
Respublika bo`yicha kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda. 21-22 dekabr kunlari yo`llarda yaxmalak kuzatiladi.