BMT bosh kotibi yaqin orada Ukrainada tinchlik o`rnatish borasidagi muzokaralar yaqin orada tiklanishiga umid qilmasligini aytdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
“Men yaqin kelajakda tinchlik o`rnatish haqida samarali muzokaralar o`tkazish imkoniyatiga optimistik nigoh bilan qaramayman. Menimcha, harbiy qarshilik davom etadi va tinchlik haqida jiddiy muzokara o`tkazish vaqti kelishini kutishimiz kerak bo`ladi”, — dedi Antoniu Guterrish.
Uning so`zlariga ko`ra, BMT boshqa masalalar, jumladan, don kelishuvi samaradorligini oshirish va asirlar almashinuvini tezlashtirishga e`tibor qaratadi.
Shunga qaramay, BMT bosh kotibi 2023 yilda Ukrainadagi urushni to`xtatishga erishish mumkin deb hisoblaydi.
“Yaqin kelajakda tinchlik muzokaralari o`tkazishning imkoni yo`q, deganda men butun 2023 yilni nazarda tutmadim. Umid qilamanki, 2023 yilda biz tinchlikka erishamiz”, — dedi Guterrish.






