AsosiyJamiyat

O`qishni ko`chirmoqchi bo`lgan talabalar uchun muhim yangilik e`lon qilindi

'O`qishni ko`chirmoqchi bo`lgan talabalar uchun muhim yangilik e`lon qilindi'ning rasmi

Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga ko`ra o`qishni ko`chirish to`g`risidagi arizalarni qabul qilish bo`yicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yo`lga qo`yildi. Bu haqda Oliy ta`lim vazirligi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, hududiy ishchi guruhlar 2022 yilning 20 dekabridan 2023 yilning 20 yanvar kuniga qadar (o`sha kuni ham) faoliyat ko`rsatadi.

Yuqoridagi qarorga asosan fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko`ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

  • talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o`rtog`i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta`lim muassasasiga o`qishini ko`chirish uchun;
  • davlat organlarining xodimlari ish joyi o`zgargan taqdirda uning turmush o`rtog`i yoki voyaga etmagan farzandi o`qishini ko`chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • o`qishni ko`chirish bo`yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to`ldiriladi);
  • talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma`lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo`lsa etarli);
  • ️pasport nusxasi;
  • ️yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O`qishni qayta tiklash bo`yicha (ko`chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo`lganligidan qat`i nazar bevosita o`zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar