O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 21 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Toshkent shahri
Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.
Xorazm viloyati
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 3°sovuq-2° iliq bo`ladi.






