Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga "Akademik liseylarga o`quvchilarni o`qishga qabul qilish, o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlatish tartibini tasdiqlash to`g`risida" qaror joylashtirildi.
Unda qayd etilishicha, abiturientlarga ro`yxatdan o`tishda uchtagacha akademik liseyning ta`lim tili bir xil bo`lgan bittadan mos yo`nalishini tanlash imkoniyati beriladi. Shuningdek, abiturient o`zi tanlagan hududda (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, akademik liseylarga hujjat topshiruvchilarni ro`yxatdan o`tkazishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi hamda akademik liseyning tegishli yo`nalishida o`qish uchun kelib tushgan arizalar soni belgilangan qabul parametriga 2:1 nisbatdan kam bo`lgan hollarda mazkur yo`nalish bo`yicha qabul parametrlarini tegishli o`quv yili uchun arizalar soniga nisbatan ikki baravar qisqartiriladi.
Xabarda keltirilishicha, akademik liseylarga umumiy o`rta ta`lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish va o`qishga qabul qilishga ruxsat beriladi.






