AsosiyJamiyat

Samarqandda o`qituvchi o`quvchini kaltakladi (video)

'Samarqandda o`qituvchi o`quvchini kaltakladi (video)'ning rasmi

Samarqandda o`qituvchi darsda o`zini tutolmagan o`quvchini kaltaklayotgani aks etgan video tarqagandi. 

 

Samarqand viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi holat bo`yicha batafsil ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan voqea 16 dekabr kuni Samarqand shahridagi 21-umumta`lim maktabida geografiya darsida sodir bo`lgan. Holat yuzasidan maktabning navbatdan tashqari pedagoglar kengashi yig`ilishi o`tkazilgan. Kengash bayonnomasiga ko`ra, o`qituvchi S.H. geografiya darsida koptok tepib o`ynab o`tirgan o`quvchi D.E.ni darsga xalaqit bermasligi yuzasidan bir necha bor ogohlantirgan va sinf xonasidan chiqarib yuborgan. Shundan so`ng o`quvchi sinfga derazadan kirib o`qituvchini sensirab haqorat qilgan. Ushbu holatdan keyin o`qituvchi o`zini to`xtata olmay bolani kaltaklagani aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan 21-umumta`lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi S.H.ga xalq ta`lim vazirining 2022 yil 28 iyunda qabul qilingan «Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari»ni qo`pol ravishda buzgani uchun hayfsan intizomiy chorasi qo`llanilgan.

Viloyat xalq ta`limi boshqarmasi ishchi guruhi o`qituvchi va o`quvchining onasi bilan alohida-alohida suhbatlashgan. Suhbat davomida o`qituvchi bunday holat boshqa qaytarilmasligini o`z ishidan pushaymonligini bildirgan. O`quvchining onasi esa bolasining sho`xligini ta`kidlab, hech kimga da`vosi yo`qligini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar