Bu 19 dekabr kuni senatorlar tomonidan "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida"gi qonunga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarda o`z aksini topgan. Bu haqda O`zA yozmoqda.
Hujjat bilan "alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste`mol qilish moslamalarining 21 yoshga to`lmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizasiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda". Ushbu yosh chegarasi amaldagi qonunda 20 yosh etib belgilangan.
Senatning 27-yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad etilgan ushbu qonun navbatdagi yalpi majlisda ko`rib chiqilishi kutilmoqda.
21.12.2022 07:45
⚡O`zbekistonda 21 yoshga to`lmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin






