“The Economist” nashri Ukrainani “Yil mamlakati” deb topdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
Ma`lum qilinishicha, oddiy paytlarda yil mamlakatini tanlash oson emas, lekin bu yil birinchi marta tanlov g`olibi yaqqol ko`ringan.
2013 yildan buyon bu unvon bir yil ichida eng yaxshi natijalarga erishgan mamlakatga beriladi.
“Ukraina qaysidir ma`noda g`ayrioddiy tanlov bo`ldi, chunki fevral oyida Vladimir Putin o`z mamlakatiga bostirib kirganidan keyin aksariyat ukrainaliklarning hayoti sezilarli darajada yomonlashdi”, deyiladi xabarda.






