AsosiyDunyo

Xitoy adolatli global boshqaruv uchun Rossiya bilan yaqinlashishga tayyorligini ma`lum qildi(video)

'Xitoy adolatli global boshqaruv uchun Rossiya bilan yaqinlashishga tayyorligini ma`lum qildi(video)'ning rasmi

Xitoy adolatli global boshqaruv uchun Rossiya bilan yaqinlashishga tayyor. Bu haqda XXR Raisi Si Szinpin RF xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvda ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Zamon.uz".

“Xitoy ikki tomonlama munosabatlarning yangi davrini rivojlantirish va yanada adolatli hamda oqilona yo`nalishdagi global boshqaruvni yaratish uchun Rossiya bilan yaqinlashishga tayyor”, – deb Si Szinpinning so`zlarini keltirgan Xitoy markaziy televideniesi.

Medvedev Xitoy rahbari bilan 21  dekabrda uchrashdi. Uchrashuv haqida oldindan xabar qilinmagan. Siyosatchi Vladimir Putinning murojaatini etkazgan.

Medvedev uchrashuvda Xitoy-Rossiya siyosiy muloqoti va amaliy kooperasiyasining o`ta yuqori darajasi qayd etilganini aytgan.

 

    Boshqa yangiliklar