Ushbu qaror innovasion, eksportbop va import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish orqali sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan.
"Navoiy viloyati Qizilo`rda viloyatining Qarmaqshi va Shardara tumanlari, shuningdek, Qozog`istonning Turkiston viloyati Shieli tumani bilan umumiy chegaraga (620 km) ega. Bugungi kunda mintaqada 40 mingga yaqin qozoq millati vakillari, ya`ni O`zbekistondagi eng yirik diaspora yashaydi", — dedi Normat Tursunov.
Hokimning so`zlariga ko`ra, o`tgan yili Navoiy viloyati bilan Qozog`iston o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 85 million dollarni tashkil etgan. Joriy yilning 11 oyi davomida bu ko`rsatkich allaqachon 88 million dollarga etgan. Shu bilan birga, endilikda 2025 yilgacha tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirish vazifasi qo`yilganini ta`kidladi.
"Hozirda Navoiy viloyatida Qozog`iston kapitali ishtirokidagi 9 korxona faol ishlamoqda. Qozog`iston Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "Navoiyazot", "Qizilqumsement" va boshqa yirik korxonalar bilan kooperasiya aloqalarini o`rnatish imkoniyatiga ega", — dedi Tursunov.
Tursunov Qizilo`rda viloyati rahbari Nurlibek Nalibaev bilan birgalikda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hududlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha "Yo`l xaritasi"ni imzolashini qo`shimcha qildi. Shuningdek, kelgusi yilda Navoiy va Qizilo`rda viloyatlari yoshlari o`rtasida universitetlararo forum o`tkazish rejalashtirilgan.