Jizzax shahrida aka singlisi bilan gaplashib yurgan yigitni pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 18 dekabr kuni soat 16:40 da Jizzax shahrining "Obod" mahallasida yashovchi fuqaro L.Q. "Nega singlim bilan gaplashib yuribsan?", deya o`zi bilan olib kelgan oshxona pichog`i bilan "Ittifoq" mahallasida istiqomat qilgan N.B.ning ko`krak va qorin sohasiga ikki marta pichoq urgan.
Jabrlanuvchi respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialida ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayblanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.






