AsosiyJamiyat

Toshkentda o`qiyotgan andijonlik talabalar Yangi yil bayramida uylariga bepul avtotransportda etkazib qo`yiladi

'Toshkentda o`qiyotgan andijonlik talabalar Yangi yil bayramida uylariga bepul avtotransportda etkazib qo`yiladi'ning rasmi

Andijon viloyati Transport boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida tahsil olayotgan bir guruh talaba yoshlar Andijonga bepul olib kelinadi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

– Yangi yil bayrami oldidan Toshkent – Andijon poezdiga bilet topish ancha qiyin bo`ladi, avtomashinada qaytish uchun esa bayram arafasida yo`lkira birmuncha qimmat bo`lib ketadi, – deydi Andijon Transport boshqarmasi boshlig`i O`tkirbek Mashrapov. – Bu ayniqsa, talabalarni qiyin ahvolga solib qo`yadi. Ana shundan kelib chiqib, talablarga qulaylik yaratish, ularga ko`maklashish maqsadida ushbu xayrli ishga qo`l urdik. Boshqarma boshlig`ining ta`kidlashicha, Toshkent shahrida tahsil olayotgan, yangi yil bayrami va qishki ta`tilni o`tkazish uchun uylariga keladigan andijonlik talabalarni olib kelish maqsadida 25 ta avtotransport vositasi ajratiladi.  

Bundan tashqari, imkon qadar ko`proq talabalarni olib kelish uchun yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi avtomobil egalarini ushbu xayrli ishga qo`shish taklifi bildirildi. Avtomashinalar 27 dekabr seshanba kuni poytaxtimizdagi “O`zbekiston” mehmonxonasi oldidan soat 12.00 da Andijonga jo`naydi. Toshkent shahrida tahsil olayotgan andijonlik talabalar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar