Farg`onada tamaki mahsulotlarini yo`q qilish tadbiri o`tkazildi.
Darakchi.uz'ga ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda qonunbuzarlik ashyosi sifatida olib qo`yilgan hamda sud qaroriga asosan yo`q qilinishi belgilangan umumiy qiymati 538,5 million so`mlik 63 510 quti tamaki mahsulotlari keng jamoatchilik ishtirokida yoqib yuborildi.
Ma`lumot o`rnida, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi hamda saqlanishiga doir joriy yilning 11 oyi davomida fosh qilingan 42 ta bojxona qonun buzilishi holatlari bo`yicha umumiy qiymati 2,3 mlrd. so`mlik ziyod bo`lgan salkam 243,7 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi va yashirin aylanmasiga chek qo`yildi. Ushbu tamaki mahsulotlari ham bosqichma-bosqich sud qaroriga asosan yo`q qilinadi.






