AsosiyJamiyat

"Hayotimiz og`ir, lekin shukr qilamiz, nolimaymiz..." (video)

'"Hayotimiz og`ir, lekin shukr qilamiz, nolimaymiz..." (video)'ning rasmi

83 yoshli Irisoy onaning taqdiri ko`plab sinovlar orasida kechdi. Irisoy ona yarim asr avval Chimkentdan Farg`onaning Besharig`iga kelin bo`lib tushdi. Turmush o`rtog`i Mo`minboy aka bilan hayotning yaxshi kunlari-yu, turli-tuman qiyinchiliklarini birga engishdi. Ular oldida sabot-matonat bilan tik turdi. Biroq hayotning eng katta sinovi – ular farzand ko`rishmadi. Bir umr tirnoqqa zor bo`lishini bila turib, ular o`z oilasini buzishmadi, buni or deb bilishdi. Mo`minboy ota 2007 yili vafot etdi.

Hozirda Irisoy ona qayin singlisining kelini Xulkaroyning qaramog`ida. Kelinning kuni bo`yi ishlashga sharoiti yo`q. Sababi, u voyaga etmagan 3 farzandining parvarishi bilan ham band. Turmush o`rtog`i kunlik yollanma ishchi. Doimiy daromadlari yo`q. Ko`rib turganingizdek, yashash shart-sharoitlari ham juda og`ir.

 

“To`g`ri, hayotimiz og`ir, lekin biz shukur qilamiz, nolimaymiz... boshimizga tushgan har bir ish uchun sabr qilamiz”, deydi Irisoy ona.

    Boshqa yangiliklar