AsosiySport

O`zbekiston va Xitoyning gaz eskportidagi statistikasida farq qanday kelib chiqayotganiga aniqlik kiritildi

'O`zbekiston va Xitoyning gaz eskportidagi statistikasida farq qanday kelib chiqayotganiga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Ushbu savolga O`zbekiston energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov javob berdi.

"Tan olish kerak, ikki mamlakatning statistik hisobotlarida farq bor. Sababi, bizning statistikada faqatgina eksport qilingan gazning hajmi va uning summasi ko`rsatilgan. Xitoy tarafi esa, umuman O`zbekistondan import qilingan tovar va mahsulotlar xizmatlarini inobatga olgan.

Va bu erda O`zbekistondan eksport qilingan gazdan tashqari, O`zbekiston hududidan Turkmanistondan tortib Xitoygacha ketgan gaz quvuri bor. U erda bizning hududda "Asia Trans Gas" qo`shma korxonasi bor. Ushbu korxona gaz transportini amalga oshirib beradi.

Ya`ni, O`zbekiston hududidan transport qilingan gaz va tranzit xizmatlari uchun to`langan pul. Mana shu ikkita summani qo`shganda Xitoy statistikasi bergan raqam kelib chiqadi", — deya tushuntirish berdi O`zbekiston energetika vaziri.

    Boshqa yangiliklar