AQShda shifokorlar "TeraFlu" va boshqa dori vositalari samarasizligi sababli bozordan olib tashlanishini talab qilishdi. Bu haqda "The Wall Street Journal" (WSJ) jurnaliga tayanib xabar tarqatilmoqda.
Xususan, "Benadryl", "Mucinex" va "Tyleno" tarkibida burun bitishidan xalos bo`lish uchun ishlatiladigan xavfsiz fenilefrin moddasi mavjud. Dori-darmonlar shifokorning reseptisiz mavjud, ammo ulardan foydalanish bemorlarning ahvolini yaxshilamaydi. Bu o`tkazilgan to`rtta tadqiqotda qayd etilgan.
Florida universiteti olimlari 2015 yilda FDAga fenilefrinni resepsiz sotiladigan dorilar ro`yxatidan olib tashlash uchun petisiya bilan murojaat qilishgan. 2016 yilda regulyator so`rovni ko`rib chiqayotganini e`lon qilingan va unga aniq javob berilmagan. Bu "to`liq o`rganish va tahlil qilishni" talab etilishini aytish bilan kifolanilgan. Shimoliy Karolina universiteti professori Stefani Ferreri FDA "zarar xavfi pastligi sababli" olimlar bilan uchrashmoqchi emasligini aytgan.
Eslatib o`tamiz, Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilish oqibatida oxirgi ikki oyda 20 ga yaqin bemordan shikoyat qilingan, 17 nafar bolaning ahvoli o`ta og`ir bo`lib, ularning 15 nafarida o`lim holati kuzatilgani ma`lum qilingan edi.






