AsosiyJamiyat

"Gapirma! Indama! Aralashma!" deputatlar dardlarini ayta boshlashdi

'"Gapirma!  Indama! Aralashma!" deputatlar dardlarini ayta boshlashdi'ning rasmi

Bugun, 23 dekabr kuni Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev deputatlik faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergan edi. Uning ortidan  Toshkent shahar xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining O`zLiDeP partiyasidan deputat Nuriddin Zaynitdinov ham o`z xohishiga ko`ra deputatlik faoliyatini yakunlaganini ma`lum qildi.

Nuriddin Zaynitdinov deputatlar og`zini yopish, qasddan ularni pozisiyasini bildirishiga qarshiliklar ko`rsatilishini aytmoqda.

"Deputatlarni bosim bo`lsa, hamma jim... Deputatlarni qamamoqchi bo`lsa, hamma jim... Deputatlarni taqib qilsa, hamma jim... Mahalliy Kengash deputatlari daxlsizligi bir tuman bilan chelansa, xamma jim... Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatga kafolatlangan so`z berilmasa, xamma jim...

Gapirma!  Indama! Aralashma!  Qachongacha bundan gaplarni eshitamiz?! Deputatning gapirishdan boshqa nimasi qolmoqda? Endi shungayam yo`l berilmasa...", - deydi deputat.

 

Rasul Kusherbaevni to`liq qo`llab quvvatlashini bildirgan. Deputat bo`lib, emin-erkin deputatlik qilolmaydigan sharoitda ishlab bo`lmasligini ta`kidlagan.

Uning aytishicha, 2022 yilni o`zida 2-3 marotaba unga bo`lgan bosimlar va noqonuniy ishlarni aybdorlariga shu kungacha chora ham ko`rilmagan. Hatto, oilasi, qarindoshigacha ta`qib va bosim qilishgan.

 

    Boshqa yangiliklar