AsosiyDunyo

AQShda qor bo`ronlari oqibatida 5 mingdan ortiq aviareys bekor qilindi

'AQShda qor bo`ronlari oqibatida 5 mingdan ortiq aviareys bekor qilindi'ning rasmi

AQShdagi qor bo`ronlari oqibatida kamida 9 kishi halok bo`ldi. Bu zamon.uz xabar berdi.

Uning ma`lumotlariga ko`ra, Ogayo, Missuri, Kentukki va Kanzas shtatida noqulay ob-havo tufayli YTH holatlari ko`paygan va bu ko`plab odamlarning halok bo`lishiga sabab bo`lmoqda.

O`tayotgan haftada Qo`shma Shtatlarning katta qismida ob-havoning keskin sovib ketishi kuzatildi. Ko`plab shtatlarda havo harorati rekord darajada pasaygan. Masalan, Vayomingda 41 daraja sovuq qayd etilgan.

Juma kuni qor bo`ronlari tufayli 5.4 ming aviareys bekor qilingan. Shuningdek, butun mamlakat bo`ylab 590 ming kishi elektrsiz qolgan.

Qator shtatlar, xususan, Jorjiya, Kentukki, Nyu-York, Oklaxoma, Shimoliy Karolina va Janubiy Dakotada favqulodda holat e`lon qilingan.

    Boshqa yangiliklar