Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Google qidiruv tizimida 120 mamlakat orasida eng ko`p qidiriladigan futbolchiga aylandi. Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.
Shuningdek, Zlatan Ibragimovich bir qator mamlakatlarda, shu jumladan, O`zbekistonda APLda to`p surayotgan futbolchilar orasida eng ko`p qidirilgani bo`ldi. Mazkur mamlakatlar orasida Rossiya, Ukraina, Osiyoning bir nechta mamlakatlari, Skandinaviya davlatlari ham bor.

Zlatan hatto Fransiyada ham eng ko`p qidirilgan futbolchi bo`ldi. U ushbu ko`rsatkich bo`yicha fransiyalik klubdoshi Pol Pogbani ham ortda qoldirdi.
Dunyoning eng qimmat futbolchisi bo`lgan Pol Pogba 29 mamlakatda eng kzp qidiridgan APL futbolchisi bo`ldi. Avstraliya, Kanada va Afrika davlatlarida uni Google tizimida eng ko`p qidirishgan.





