AsosiyDunyo

Xitoy olimlari qandli diabetdan dori vositalarisiz xalos bo`lish yo`lini topdi

'Xitoy olimlari qandli diabetdan dori vositalarisiz xalos bo`lish yo`lini topdi'ning rasmi

Xitoy olimlari qandli diabetning 2-turidan dori vositalarisiz xalos bo`lish yo`lini topdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tadqiqotchilar fikricha, vaqti-vaqti bilan och yurish mazkur kasallikni davolashga xizmat qiladi.  

Ya`ni bemor har kuni belgilangan soatdan boshlab ma`lum muddat ovqatlanishdan tiyilsa, qandli diabet va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanish xavfi keskin kamayadi.  

Bu xulosani amaliyotda tasdiqlash uchun qandli diabetning 2-turiga chalingan 36 nafar bemor tadqiqotga ko`ngilli sifatida jalb etildi.  

Yakunda olimlar tomonidan tavsiya etilgan o`ziga xos parhez tufayli xastalarning 90 foizi dori-darmonlar qabul qilishni kamaytirishga muvaffaq bo`ldi. Bemorlarning 55 foizi esa kamida bir yil davomida preparatlar muolajasini butunlay to`xtatdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar