AsosiyJamiyat

Farg`onada noma`lum shaxs harbiy xizmatchini avtomashinada urib yubordi (video)

'Farg`onada noma`lum shaxs harbiy xizmatchini avtomashinada urib yubordi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum shaxs harbiy xizmatchini avtomashinada urib yuborganligi haqidagi videoxabarlar tarqalgan. Holatga Farg`ona viloyat prokuraturasi rasmiy ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, I.M. "Kobalt" rusumli transport vositasini boshqarib borib, Toshtepa ko`chasida joylashgan harbiy qismga qarashli chegara qo`riqlash postiga yaqinlashgan vaqtida, ushbu chegara postida xizmat olib borayotgan muddatli xarbiy xizmatchi D.O`.ning to`xtash haqidagi ishorasiga bo`ysunmasdan, o`tib ketgan, so`ngra D.O`roqov darhol rasiya aloqa vositasi orqali o`zidan 200 metr uzoqlikda xizmat vazifasini olib borayotgan harbiy xizmatchi oddiy askar A.T. "Kobalt" avtomashinasi uning qonuniy talabiga bo`ysunmasdan chegara postini buzib o`tganligi haqida xabar bergan.

Oddiy askar A.T. esa ushbu transport vositasini to`xtatish uchun unga to`xtash ishorasini bergan vaqtida, I.M. chegara postida o`z xizmat vazifasini bajaryotgan hokimiyat vakili hisoblangan harbiy xizmatchi A.T.ning qanday shaklda bo`lmasin o`zining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish maqsadida, unga qarab harakatlanib borib, mashinaning old qismi bilan uni qasddan urib yuborib, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Oddiy askar A.T. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat bo`yicha I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va unga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar