AsosiyJamiyat

Sarhisob: Xususiy maktab o`qituvchilari bilan teng maosh olyapman — boshlang`ich sinf o`qituvchisi

'Sarhisob: Xususiy maktab o`qituvchilari bilan teng maosh olyapman — boshlang`ich sinf o`qituvchisi'ning rasmi

Yil so`nggi — bayramga tayyorgarlik ko`rish bilan birgalikda, albatta, yilni sarhisob qilish vaqti hamdir. Erishilgan yutuqlar, bajarilgan ishlar tahlili va kelgusi yil uchun reja tuzayotganlar qatorida Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 302-maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Dilnoza Baynazarova ham bor. U 2022 yildagi faoliyatini ijobiy natijalari bilan yodga olmoqda:

— O`tib borayotgan 2022 yil kasbiy faoliyatimda va hayotimda juda katta iz qoldirdi, desam yanglishmayman. O`quvchilarim shahar miqyosidagi tanlovlarda sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritdi.

Yil davomida Respublika seminarlarida ishtirok etdim. Tuman  va shahar miqyosida "Ustozlar forumi"da trenerlik qildim. O`zbekistonda barkamollik uchun ta`lim dasturi”loyihasi doirasida darsliklar yaratdik. Shu bilan birga trenerlik faoliyatimni ham davom ettirib, ko`pgina mahorat darslarini shahar va Respublika miqyosida o`tkazganimni katta yutug`im, deb hisoblayman. Oddiy maktab o`qituvchisi uchun bu katta baxt!

25 yillik stajim bo`lsa-da, magistraturada o`qish orzuim edi va men bunga erishdim. Magistrlik diplomimni 5 ball bilan himoya qildim.

Magistraturani tamomlaganimni eshitgach, universitetda dars berishga, tumandagi maktablardan biriga rahbarlikka tavsiya qilishdi. Xususiy maktablarga ishga takliflar bo`ldi. Lekin maktabimni, o`quvchilarimni (bitiruvchi sinf 4-sinf bo`lganigami) hech ham ko`zim qiymadi. Allohga shukr qilsangiz barchasini barokatli qilib berar ekan, Vazirlar Mahkamasining dars taqsimoti mezonlari asosida darslarimni rahbariyatimiz 1 stavkadan oshiq qilib berishdi, yana Direktor jamg`armasi tomonidan beriladigan ustamada maktab monitoringi, tuman monitoringidan arizam ko`rib chiqilib, 40 foizlik ustamaga loyiq deb topildim. Xususiy maktab o`qituvchilari bilan teng maosh olyapman. Bu albatta, mehnatlarim samarasi va maktab rahbariyatining menga bo`lgan ishonchi, deb hisoblayman.

 

 

    Boshqa yangiliklar