Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, Xorazm viloyatida va cho`l hududlarda ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.
27.12.2022 08:33
Bugun O`zbekistonning 6 ta hududida yomg`ir yog`ishi mumkin






