Samarqand viloyati Urgut tumanida ayol yosh bolasini kaltaklagani to`g`risida xabar berilgand edik.
Ayol nima sababdan bunday ish qilganini gapirib berdi:
"Xo`jayinim bilan aytishib qoldim. Ular ko`p gaplarni gapirdilar, shundan keyin birdaniga jahlim chiqib ketdi. Bolam yonimda aya-aya deyotgandi, uni urib tashladim", — deydi ayol.
Shuningdek, ayolning aytishicha, unga eri doimiy ravishda qo`pol munosabatda bo`lgan. O`sha kuni ham eri uning shaxsiyatiga tegadigan gaplarni aytgan.
Suhbat davomida, besh nafar bolaning onasi o`sha vaqtda depressiya holatida bo`lganini va bu ishdan pushaymonligini aytgan.






