Davlat statistika qo`mitasi bergan ma`lumotga ko`ra, O`zbekiston aholisining har 1000 kishisiga o`rtacha 87 ta engil avtomobil to`g`ri kelmoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o`rtacha 87 ta engil avtomobil to`g`ri kelmoqda.
Hududlar kesimida har 1000 nafar doimiy aholiga o`rtacha to`g`ri keladigan engil avtomobillar soni quyidagicha:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida – 66 ta;
- Andijon viloyatida – 64 ta;
- Buxoro viloyatida – 100 ta;
- Jizzax viloyatida – 60 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 72 ta;
- Navoiy viloyatida – 87 ta;
- Namangan viloyatida – 68 ta;
- Samarqand viloyatida – 92 ta;
- Surxondaryo viloyatida – 64 ta;
- Sirdaryo viloyatida – 70 ta;
- Toshkent viloyatida – 106 ta;
- Farg`ona viloyatida – 77 ta;
- Xorazm viloyatida– 104 ta;
- Toshkent shahrida– 178 ta.
Ma`lumot uchun, ushbu statistik ma`lumotlar bir yilda bir marotaba e`lon qilinadi.






