2022 yil 16 dekabr kuni o`tkazilgan test sinovida ishtirok etgan xalq ta`limi tizimidagi pedagog xodimlar my.dtm.uz saytidan o`z natijalarini bilishlari mumkin.
Buning uchun my.dtm.uz saytida telefon raqami orqali ro`yxatdan o`tish va pasport ma`lumotlari hamda doimiy yashash manzilini kiritish lozim.
Shundan so`ng saytning “O‘qituvchilar” (https://my.dtm.uz/service/61) bo`limidan “Xizmatdan foydalanish”ni tanlab, test natijalarini bilish mumkin.
Bunda talabgorning javoblar varaqasi rangli skaner qilingan holatda joylashtirilgan bo`lib, savollarga to`g`ri yoki noto`g`ri javob berilgani ham ko`rsatilgan.