Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi huquqbuzarlikni o`z vaqtida fosh etdi.
Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A.ga tegishli bo`lgan "ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirilishi natijasida, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 206 million 890 ming so`mlik 9 turdagi 2005 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






