AsosiyJamiyat

Ayrim vazirliklarni qisqartirish natijasida 2,8 trln so`m mablag` tejalmoqda

'Ayrim vazirliklarni qisqartirish natijasida 2,8 trln so`m mablag` tejalmoqda'ning rasmi

Moliya vaziri o`rinbosari Odilbek Isoqovning Xalqaro press-klub sessiyasida ma`lum qilishicha, ma`muriy islohotlarni amalga oshirish hisobiga 2,8 trln so`m mablag` tejaladi. Bu haqda huquqshunos-bloger Xushnubdek Xudoyberdiev o`zining telegramdagi kanalida yozib qoldirdi.

Jumladan:

- 2,4 trln so`m — vazirlik va idoralar shtat birliklarini 30 foizgacha qisqartirish hisobiga;

- 300 mlrd so`m — tashkilot va idoralarni maqbullashtirish hisobiga bo`shagan 300 dan ortiq binolarni sotish hisobiga;

- 16,5 mlrd so`m — rahbar lavozimlari qisqarishi tufayli 55ta avtomashinani auksionda sotish hisobiga;

- 17 mlrd so`m — hududlarga xizmat safarlarini kamaytirish, onlayn qabul tizimini qo`llash hisobiga;

- 22 mlrd so`m — davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bog`liq xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga;

- 18 mlrd so`m — rasmiy tadbirlarni o`tkazish bo`yicha maksimal narxlarni o`z ichiga oluvchi me`yorlarni belgilash orqali xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq Prezidentning tegishli farmoni bilan vazirliklar qisqarganligi haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar