AsosiyJamiyat

Makkaga ketayotgan o`zbekistonlik ziyoratchilar avtobusi YTHga uchradi

'Makkaga ketayotgan o`zbekistonlik ziyoratchilar avtobusi YTHga uchradi'ning rasmi

Joriy yil 27 dekabr kuni Saudiya Arabistoni vaqti bilan soat 09:15da “Al-Afaj” transport kompaniyasiga tegishli “Mercedes-Benz” rusumli avtobus haydovchisi “Jidda-Madina” 160-magistral yo`lida uxlab qolishi oqibatida yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi,  deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Oqibatda mazkur avtobusda O`zbekistondan borgan 50 nafar yurtimiz ziyoratchilaridan 10 nafari jarohatlangan.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bergan xabarga ko`ra, mazkur transport hodisasi oqibatida jabr ko`rganlarga Madina shahri yaqinidagi “Vadi Al-Far`” va “Al-Himna” shifoxonalarida tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. 

Avtobusdagi 40 nafar ziyoratchi Madina shahridagi mehmonxonaga joylashtirildi.

"Mazkur holat O`zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan. Ushbu mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamda tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o`rnatilgan. Diplomatlarimiz fuqarolarimiz holidan xabarbor bo`lib turibdi", - deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar