Angliya chempionati 5-turining markaziy o`yinida “Chelsi” jamoasi o`z maydonida “Liverpul” futbolchilarini qabul qildi.
Anchagina qiziqarli kechgan o`yinning 17-daqiqasida mersisaydliklar himoyachisi Deyan Lovren hisobni ochgan bo`lsa, 36-daqiqada mehmonlar sardori Jordan Xenderson oradagi farqni oshirdi — 2:0.
Bu gollarga "nafaqaxo`rlar"dan Diego Kosta 62-daqiqadagi birgina aniq zarbasi bilan javob qaytarishga muvaffaq bo`ldi. Shu tariqa, "Chelsi" mavsumdagi ilk mag`lubiyatini qabul qilib oldi.
“Chelsi” – “Liverpul” – 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: Diego Kosta 62’ – Deyan Lovren 17, J. Xenderson 36
Ogohlantirish: Villian 45





