AsosiyJamiyat

Buxoroda voyaga etmagan shaxslar savdo do`koniga o`g`rilikka tushdi

'Buxoroda voyaga etmagan shaxslar savdo do`koniga o`g`rilikka tushdi'ning rasmi

Buxoro viloyati  G`ijduvon tumani Chorsu mahallasida yashovchi, A.D ga tegishli bo`lgan Degrezon mahallasi hududida joylashgan savdo do`konidan voyaga etmagan shaxslar pul va telefonlarni o`g`irlashdi. Holat bo`yicha viloyat IIB rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu o`g`rilik 2022 yil 17 dekabr kunidan 18 dekabr kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida sodir etilgan.

Unda noma`lum shaxslar do`konga g`ayriqonuniy tarzda kirib, do`kon ichidan jami 15 100 000 so`m naqd pullarni va bahosi 10 000 000 so`m bo`lgan 4 dona telefon apparatini o`g`irlab, jabrlanuvchiga 25 100 000 so`mlik moddiy zarar etkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni shu tumanning Buktaroy mahallasida yashovchi, 3 nafar voyaga etmagan shaxslar sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ularning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar