AsosiyDunyo

Qo`rqinchli raqamlar: Ukrainada urush boshlangandan beri halok bo`lgan tinch aholi soni ma`lum qilindi

'Qo`rqinchli raqamlar: Ukrainada urush boshlangandan beri halok bo`lgan tinch aholi soni ma`lum qilindi'ning rasmi

BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi urush boshlanganidan beri Ukrainada 6884 nafar tinch aholi halok bo`lgani va 10947 nafari jarohatlanganini qayd etdi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.

Halok bo`lganlardan 429 nafari bolalar: Ulardan 175 nafari qiz, 216 nafari o`g`il, 38 nafar shaxsning jinsi hali aniqlanmagan. Yaradorlar orasidan ham 800 nafarini bolalar tashkil qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, tinch aholining o`limi yoki jarohati soni bundan ancha yuqori bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar