Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda mamlakatimizdagi xalq ta`limi tizimiga qarashli umumta`lim maktablari soni 10 104 tani tashkil etadi.
Mazkur ta`lim muassasalarida:
- 6,4 mln. nafar o`quvchi tahsil oladi;
- 509 mingdan ortiq o`qituvchilar faoliyat yuritadi.
- 2021-2022 o`quv yilida umumta`lim maktablarini 920 498 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan:
- 530 249 nafar o`quvchiga 9-sinfni tugatganlik to`g`risida;
- 390 249 nafar o`quvchiga 11-sinfni tugatganlik to`g`risidagi shahodatnomalar topshirildi.
Umumta`lim maktablari o`quvchilarining 11 275 nafari, jumladan:
- 9 370 nafar iqtidorli bitiruvchisi — oltin medal;
- 1 905 nafari — kumush medallar bilan taqdirlandi.






