AsosiyJamiyat

12 mln so`mlik maoshim vazir jamg`armasining ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o`tsam 17 mln so`mdan oshadi — biologiya fani o`qituvchisi

'12 mln so`mlik maoshim vazir jamg`armasining ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o`tsam 17 mln so`mdan oshadi — biologiya fani o`qituvchisi'ning rasmi

Xabaringiz bor, bugun Xalq ta`limi vaziri jamg`armasi hisobidan har oylik ustamaga da`vogar pedagoglarning saralash imtihonlari javoblari DTM tomonidan e`lon qilindi. Vazirlik Matbuot xizmati ushbu testlardan 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlardan biri bilan suhbatlashdi. 

14 yildan beri o`quvchilarga bilim berayotgan Dilbarxon G`ulomova o`quvchilik davridanoq Respublika olimpiadalarida g`oliblikni qo`lga kiritib, O`zbekiston Milliy universitetiga imtiyoz asosida o`qishga qabul qilingan.  

U 2018 yil “Yil o`qituvchisi” respublika ko`rik tanlovining 3-o`rin sohibi bo`lgan. 2021 yil «El-yurt umidi» jamg`armasi ning stipendiati sifatida Sankt- Peterburgning A.I.Gersen nomidagi Pedagogika universitetida malaka oshirib qaytgan.  Dilbar G`ulomovaning o`quvchilari ham biologiya fanidan viloyat olimpiadalarida g`oliblikli qo`lga kiritib, Tibbiyot oliygohlariga yuqori ball bilan o`qishga qabul qilinmoqda.  

Darvoqe, shu kecha kunduzda Dilbar G`ulomovaning oylik maoshi 12,6 mln so`mni tashkil qilsa, Vazir jamg`armasining II bosqichidan muvaffaqiyatli o`tgan taqdirda maoshi 17 mln so`mdan oshishi bizni quvontirdi.  

Dilbarxon G`ulomova,  Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 44-IDUMning oliy toifali biologiya fani o`qituvchisi:

— Vazir jamg`armasiga e`lon bo`lganidayoq bu ustama aniq meniki bo`lishiga ishongandim va nasib qilsa keyingi bosqichdan ham muvafaqqiyatli o`tsam, niyatimga etaman. Ustozlarga o`z ustilarida ishlashdan tinmasliklarini, bu o`zining ijobiy samarasini berishini ishonch bilan ayta olaman.

 

    Boshqa yangiliklar