AsosiyJinoyat

Andijonlik qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan ayol aeroportda qo‘lga olindi

'Andijonlik qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan ayol aeroportda qo‘lga olindi'ning rasmi

Joriy yil 16 dekabr kuni Andijon viloyati IIB TQX JQB Odam savdosiga qarshi kurashish bo`linmasi hamda O`zbekiston Respublikasi IIV TQD JQX UJQKB Odam savdosiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan fuqaro E.N.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, tezkor tadbir davomida Shahrixon tumanida yashovchi ayol X.G Andijon tumanida yashovchi E.N va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi M.M.larni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug`ullanish uchun yuborish evaziga Turkiyada yashovchi “Oygul” ismli tanishidan 700 AQSh dollari olishga kelishib, kelishilgan 700 AQSh dollari hisobidan 150 AQSh dollarini olib, E.N va M.M.larni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga jo`natib yuborayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar